Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021– yilning yanvar–dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi - 41 206,1 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 39 638,1 mlrd. so‘m (107,4 % ni), o‘rmon xo‘jaligi–1 249,9 mlrd. so‘m (101,9 % ni), baliqchilik xo‘jaligi –318,1 mlrd. so‘m (169,0 % ni) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 13,0 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati