2021– yilning yanvar–dekabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Kattaqo‘rg‘on (5 252 mlrd. so‘m) va Urgut (4 464 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Samarqand shahri (315 mlrd. so‘m) va Kattaqo‘rg‘on shahrini (221 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Oqdaryo (104,8 %), Paxtachi (105,0 %), Narpay (106,4 %), hamda Pastdarg‘om (107,6 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati