01/02/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2021– yilning yanvar–dekabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 21 167,8 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 51,4 % ni tashkil qildi.

 2021– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 828,7 ming tonna don (2020– yilning yanvar–dekabriga nisbatan         -3,1 % ga kam) ishlab chiqarildi. Don ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don ishlab chiqarish umumiy hajmidan 89,2 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech