2022– yining 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 5,9 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 93,6 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 8,4 % fermer xo‘jaliklariga, 88,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 3,4 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 16,8 % fermer xo‘jaliklariga, 82,2 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,0 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 35,2 % fermer xo‘jaliklariga, 46,4 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 18,4 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati