2021- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHMdagi ulushi 73,4 % ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,5 birlikni tashkil qildi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylari davomida 10,8 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 foizga ko‘p demakdir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda
5 060 ta, sanoatda 1 896 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 918 ta, qurilishda 447 ta, yashash va ovqatlanishda 1 040 ta, axborot va aloqada 230 ta tashkil etilgan.
Axborot xizmati