O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2022- yilning 18- fevral kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Jumladan, “2022-2024- yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”, “Davlat xizmatida halollik va odob-axloq qoidalari” haqidagi ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati