Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga o‘tishini ta’minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma’lum bir davlat ichida savdo tovarlarini iste’molchiga yetkazib berishdek zarur vazifani bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.
2022- yilning yanvar oyida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 27,9 % ni tashkil etib, bu 421,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar oyida ularning hajmi 353,0 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmning 28,7 % iga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati