2022- yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasi 1 487,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,9 %ni tashkil etdi.
Viloyat bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Samarqand shahri 42,1 % ulush bilan 626,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Paxtachi tumani 1,8 % ulush bilan 27,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati