01/03/2022

2022-yilning 1-mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi F. Eshonkulov ijrosida “KORRUPSIYA – taraqqiyotga tahdid, biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida BRIFING boʻlib oʻtdi.

BRIFINGda F. Eshonkulov korrupsiya yomon illat ekanligini va yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

 

 

Xalq tilida soddagina qilib - korruptsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim boʼladi.

Korruptsiya nima oʼzi?

Qonun hujjatlarida korruptsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: «Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʼsinda, gʼayriqonuniy shaxsiy naf koʼrish maqsadida, oʼz xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».

Аslida korruptsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʼzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech