07/03/2022

Samarqand viloyati statistika boshqarmasida 8-mart - Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Hayotdagi bor go‘zallik ayollarga, onaga yarashadi, negaki olloh uni go‘zal qilib yaratgan. Quyoshdan mehr, oydan nur, yerdan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga hadya etgan. Baxtimizga hamisha omon bo‘ling, Sizlar borki hayot bor, baxtu-quvonch bor.

 

 

Aziz hamkasaba ayollaryana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

 

 

Ollohning jannati xoki poyida,

Shunday tabarruksan, buyuksan, Ayol!

Sadoqat qalbingda, mehr ko‘rsatib,

Muhabbat yaratgan suyuksan, Ayol!

Chehrasidan oftob taft olar,

Alla aytsa, qushlar tin olar,

Qalbingizga muhabbat solar,

O‘zbegimning har bir ayoli.

Tinch bo‘lsin, der yer-u samoni,

olam, deya chekar jafoni,

Gullatishga qodir dunyoni,

O‘zbegimning har bir ayoli.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech