10/03/2022

Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 563,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 38,4 % ni tashkil etdi.

  Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung’ur tumanida (100,0 %), Qo’shrobot tumanida (100,0 %), Nurobod tumanida (100,0 %), Kattaqo’rg’on shahrida (100,0 %), Oqdaryo tumanida (71,2 %), Urgut tumanida (69,4 %) tashkil etdi.

  Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Ishtixon tumanida(12,7 %), Narpay (13,2 %), Paxtachi (20,7 %), Toyloq (29,4 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining  kamligini, mazkur  hududlarda  joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech