14/03/2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710- son qarorining 6- bandida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi 2021- yil 1- aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazish va 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash” belgilab qo‘yilgan.

 

 

Ushbu jarayonga tayyorgarlikning joylardagi holatini o‘rganish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berduqulov Qobil Gulomovich hamda Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari, OAV vakillari hamda jurnalistlar ishtirokida joriy yilning 11-mart kuni Samarqand tumanidagi “DIYOR” MFYda xonadonlarning raqamlanish holati, xaritalarni o‘rganish maqsadida press-tur tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvda Q.Berduqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda o‘tkazilishi belgilanganligi, hamda ushbu qarordan kelib chiqqan holda, tadbirga mazkur mahalla misolida puxta tayyorgarlik ko‘rish shartligi va bugungi kungacha bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

 

 

O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf qilish bo‘yicha mahalla faollari va xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar hamda tadbir bo‘yicha targ‘ibot va tushunchalar berildi.

Tadbir so‘ngida mahalla faollari, OAV vakillari hamda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.

 

 

Aholini ro‘yxatga olish bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech