Joriy yilning 31- mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati, kompiyuter qurulmalaridan foydalanish tartibi, internetdan foydalanish tartibi” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A. Suyunov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi axborot xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi K.Sobirov Axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, tadbir davomida Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi hisoblash texnikasini ta’mirlash bo‘yicha yetakchi muhandisi M.Yaxshiboyev AKT qurilmalaridan samarali va to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushunchalar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati