01/04/2022

O‘zbekiston Respublikasining 2022- yil 3- martdagi “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi O‘RQ-757-son Qonuni  mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish ishlarini olib boorish maqsadida 2022-yilning 24-mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga boshqarma xodimlari hamda hududiy statistika bo‘lim onlayn ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan X. Xolmuminov Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotatsiya, slayd, infografika) foydalanilib, qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlarga tushuntirdi.

Shuningdek, ma’ruzachi Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 

 

 

 Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.

Oʻzbekistondan tashqarida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar va chet el yuridik shaxslari geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishga hamda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berishga doir ishlarni Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari orqali amalga oshiradi.

Talabnomaning davlat ekspertizasi Agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda u rasmiy ekspertizani va talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasini oʻz ichiga oladi.

Talabnomaning rasmiy ekspertizasi talabnoma Agentlikka berilgan sanadan eʼtiboran 15 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

 

 

Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin 1 oy ichida oʻtkaziladi.

Davlat ekspertizasi natijalari asosida Agentlik geografik koʻrsatkichni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini reestrda roʻyxatdan oʻtkazishni patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran 3 ish kunida amalga oshiradi.

 Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning egasining geografik koʻrsatkichdan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.

Guvohnoma geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi reestrda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin 3 ish kuni ichida Agentlik tomonidan beriladi.

 

 

Guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.

Geografik koʻrsatkichlarni yoki geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun patent bojlari olinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar geografik koʻrsatkichni boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarinin qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan savollarga keng qamrovli, to‘liq javoblar berib o‘tildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech