Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 92,4 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-fevral oyilari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 3,8 % oralig‘ida qayd etildi.
Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,8 % ini tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 86,8 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan.
Sug‘urta xizmatlarining ulushi 3,7 % ga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy va sug‘urtalashga tegishli yordamchi xizmatlar – 9,5 %.
Axborot xizmati