Viloyat bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3 089,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 - yilning mos davriga nisbatan 11,9 %ga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 792,1 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 134,3 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1994,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,7 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 303,1 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 113,5 %)ni tashkil etdi.
Axborot xizmati