Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 688 tani tashkil etib, ulardan 668 tasi yoki 97,1 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 66 taga yoki 11,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
2022-yilning yanvar-mart oylarida 28 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Axborot xizmati