2022-yilning 18-aprel kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasining korrupsiyaga qarshi Idoraviy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari, barcha xodimlar hamda tuman, shahar statistika bo‘limlari xodimlari onlayn shaklda ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i D. Musinovning tizim rahbar va xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini o‘rganish mavzusida axboroti tinglandi.
Shuningdek, D. Musinov korrupsiya holatlari haqida to‘xtalib, “Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiya barqaror rivojlanish uchun to‘siq”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida plakat va bukletlar shahar va tuman statistika bo‘limlariga etkazilishini tashkil etish va ko‘rgazmali stendlarga joylashtirib qo‘yilishi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillariga hamda davlat statistika hisobotlarini topshiruvchi subyektlar vakillariga doimiy ravishda tarqatilib borilishini ta’kidlab o‘tdi.
Tizimdagi rahbar va xodimlar tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiya holatlarini oldini olish, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur etkazish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodxonligini va huquqiy bilimlarini oshirish yuzasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berildi.
Axborot xizmati