Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha 203 670 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24 035 taga koʻp.
Hududlar kesimida tugʻilishlar soni:
— Qoraqalpogʻiston R. – 9 680 ta
— Andijon viloyati – 18 720 ta
— Buxoro viloyati – 9 352 ta
— Jizzax viloyati – 8 959 ta
— Qashqadaryo viloyati – 20 955 ta
— Navoiy viloyati – 5 692 ta
— Namangan viloyati – 17 542 ta
— Samarqand viloyati – 24 265 ta
— Surxondaryo viloyati – 18 421 ta
— Sirdaryo viloyati – 5 422 ta
— Toshkent viloyati – 17 134 ta
— Fargʻona viloyati – 21 965 ta
— Xorazm viloyati – 9 125 ta
— Toshkent shahri – 16 438 ta
Axborot xizmati