21/04/2022

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Suyunov va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710- son qarorining 6- bandida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-qo‘vvatlash vazirligi 2021- yil 1- aprelga qadar aholi punktlari va ko‘chalar nom belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini yakuniga yetkazish va 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish davriga qadar muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash” bo‘yicha vazifalar belgilangan bo‘lib, bugungi kundagi holatini joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

 

O‘rganish davomida aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan ularni bartaraf qilish bo‘yicha mahalla faollari va xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar hamda tadbir bo‘yicha targ‘ibot va tushunchalar berilib borilmoqda.

 

 

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi. 

 

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech