26/04/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022– yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi -4 322,9 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 4 122,3 mlrd. so‘m (102,0 % ni), o‘rmon xo‘jaligi  –196,3 mlrd. so‘m (102,6 % ni), baliq xo‘jaligi  –4,2 mlrd. so‘m (79,9 % ni) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,9 % ni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech