29/04/2022

2022– yilning yanvar–mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 3 934,5 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 101,7 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotla-rining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 95,9 % ni tashkil etdi.

Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech