05/05/2022

Joriy yilning 28 aprel kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish bu barchamizning burchimizdir” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i D. Musinov so‘zga chiqib, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiyaga duch kelsangiz xabar bering”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish bu barchamizning burchimizdir” mavzularida hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish yuzasidan ma’ruza qildi.

 

 

Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

  Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 29- dekabrdagi 127-son buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida 2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi tizimida 2022- yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi tizimda so‘zsiz bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.     

 

 

Chora-tadbirda belgilangan vazifa va topshiriqlarga tizim xodimlari tomonidan to‘liq amal qilinishi, ularning so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan shaxsiy nazorat olib borilishi, soha oldiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarni bajarishda har qanday ko‘rinishdagi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha xodimlar mas’ul ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech