Hududlar kesimida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlarning eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand shahri (116,9 foiz) hamda Toyloq tumani (114,7 foiz) hissalariga to‘g‘ri keldi.
Aholi jon boshiga eng katta xizmatlar hajmi Samarqand, (3 767,4 ming so‘m), Kattaqo‘rg‘on shaharlarida (1 167,7 ming so‘m) va Jomboy (1 206,2 ming so‘m) hamda Samarqand (1 135,4 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning eng yuqori ulushlari Samarqand shahri (44,2 foiz), Urgut (6,3 foiz), Samarqand (6,2 foiz), Pastdarg‘om (5,9 foiz) hamda Jomboy (4,6 foiz) tumanlari hissalariga to‘g‘ri keldi.
2022- yil yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 188,5 ming so‘mni tashkil qildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan 110,5 % ni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich hududlar o‘rtasida Samarqand shahrida 3 767,4 ming so‘mdan Urgut tumanida 567,3 ming so‘mgacha oraliqni tashkil etadi.
Axborot xizmati