Viloyat statistika boshqarmasiga 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 84 ta murojaatlar kelib tushgan.
Shu jumladan, kelib tushgan murojaatlarning 72 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan hamda 12 tasi sayyor qabuldan kelib tushgan murojaatlardir.
Kelib tushgan murojaatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan qilingan tahlilga ko‘ra, 34 ta statistik ma’lumot so‘ralgan, 26 ta statistik hisobotlar to‘g‘risida so‘ralgan, 24 ta boshqa turdagi masalalar yuzasidan so‘ralgan murojaatlardir.
Axborot xizmati