2022- yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha 24,2 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 24,4 promilleni tashkil etmoqda, 2021- yilning mos davriga nisbatan plus 2,4 promillega ko‘paygan (2021- yilning yanvar-mart oylarida 22 promille bo‘lgan).
Tug‘ilish koeffitsiyenti 2021- yilning mos davriga nisbatan Kattaqo‘rg‘on shahrida (18,5 promilledan 36,9 promillega) va Samarqand shahrida (15,1 promilledan 22,1 promillega) sezilarli o‘sgan bo‘lib, aksincha sezilarli kamayish Nurobod tumanida (24,6 promilledan 18,9 promillega) kamaydi.
Axborot xizmati