2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha 24,2 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib (bu yerda va bundan keyin tug‘ilganlarga faqat tirik tug‘ilganlar inobatga olingan), mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 24,4 promilleni tashkil etmoqda, 2021- yilning mos davriga nisbatan plus 2,4 promillega ko‘paygan (2021- yilning yanvar-mart oylarida 22 promille bo‘lgan).
Axborot xizmati