2022- yilning 11-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv o‘tkazish jarayonlarini amalga oshirish yuzasidan mas’ullar ishtirokida ishchi guruh a’zolariga o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi Yig‘ma axborot-tahlil, strategik rivojlantirish va statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Abduraximov Dilmurod O‘ktamovich, Samarqand viloyati statistika boshqarmasidan biriktirilgan mas’ul xodimlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir Kiruvchi turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuv O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan tashrif buyuruvchilarga va chet elga safar qilgan O‘zbekiston rezidentlaridan ixtisoslashgan so‘rovnomadan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Seminar qizg‘in bahs munozallarga hamda savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi
Axborot xizmati