12/05/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra aholiga savdo, transport, aloqa va axborotlashtirishdan moliyalashtirish, sugʼurta, ta’lim va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasi yildan yilga yaxshilanib borayotganligini quydagi jadvalda ko‘rish mumkin.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi va o‘sish sur’atlarini olib qaraydigan bo‘lsak 2022- yilning yanvar-mart oylarida eng yuqori ko‘rsatgich Samarqand shahrida  2 121,4 mlrd. so‘m, 2021 yilning mos davriga nisbatan 13 foizga, Urgut 302,9 mlrd. so‘m bo‘lib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foizga, Samarqand tumani 297,6 mlrd. so‘m 2021 yilning mos davriga nisbatan      2 foizga, Pastdarg‘om 284,8 o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga o‘sish sur’atlari kuzatilgan.

Nisbatan past ko‘rsatgichlar esa Qo‘shrabot tumanida  93,0 mlrd. so‘m bo‘lib o‘sish sur’ati 5 foizni hamda Nurobot tumanida 92,1 mlrd. so‘m o‘sish sur’ati 5 foizni tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech