Viloyatda 2022- yil 1- may holatiga kelib xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 672 tani tashkil etmoqda. Shundan 443 tasi qo‘shma korxonalar, 229 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi. Davlatlar kesimida ko‘rib chiqqanda ularning asosiy ulushi (jami xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga nisbatan) Turkiya Respublikаsi 111 ta, shundan 67 tasi qo‘shma korxonalar, 44 tasi esa xorijiy korxonalar, Xitoy Xаlq Respublikаsi 100 ta, shundan 72 tasi qo‘shma korxonalar, 28 tasi esa xorijiy korxonalar, Rossiya Federаtsiyasi 97 ta, shundan 63 tasi qo‘shma korxonalar, 34 tasi esa xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati