18/05/2022

2021- yilda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarida 11-sinfni jami 51,0 ming nafar o‘quvchi tamomlagan. Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Urgurt tumaniga 6,8 ming nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelgan, boshqa hududlarga nisbatan past ko‘rsatkich esa Kattaqo’rg’on shahriga ya’ni 1,1 ming nafar o‘quvchi to‘g‘ri keldi. Umumta’lim muassasalarining 9-sinfini 54,5 ming nafar o‘quvchi tamomlagan. Eng yuqori ko‘rsatkich Urgut tumaniga (7,5 ming nafar o‘quvchi) va Samarqand shaharda (7,4 ming nafar o‘quvchi) to‘g‘ri kelgan, eng past ko‘rsatkich Jomboy tumaniga (1,96 ming nafar o‘quvchi) va Kattaqo’rg’on shaharga (1,27 ming nafar o‘quvchi) to‘g‘ri keldi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech