19/05/2022

Viloyat bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 6 924,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021 - yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 544,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 117,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 4 753,6 mlrd. so‘mni   (o‘sish   sur’ati  105,3  %),   uyushmagan   savdo  tovar aylanmasi 625,9 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati  109,6 %)ni  tashkil  etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech