Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu jarayonlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 19- may kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari А. Ikromov boshchiligidagi maxsus ishchi guruh Jomboy tumanida bo‘lib, qarorda ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlarning bugungi kunga qadar bajarilish holati yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman hokimi va tegishli korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, masʼul xodimlarga qaror ijrosi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati