2022- yil yanvar-aprel oylarida viloyat bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi 625,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 155,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 115,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 470,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 107,9 %)ni tashkil etdi.
Tovar aylanmasi ulushi va hajmi
- Uyishmagan savdo - 625,9 mlrd. so‘m, 100 %
- Dehqon bozorlari - 155,6 so‘m, 24,9 %
- Chorva bozorlari - 470,2 so‘m, 75,1 %
Axborot xizmati