2022- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 470,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qora mollar savdosi 384,8 mlrd. so‘mni, qo‘y va echkilar 65,0 mlrd. so‘mni, otlar 18,3 mlrd. so‘mni, parrandalar 2,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Axborot xizmati