25/05/2022

Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy tumani hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

 

 

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning tashkiliy va metodik printsiplarini, dasturiy-texnik taʼminoti va maʼlumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

 

 

Ushbu jarayonlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 24- may kuni Jomboy tuman hokimligida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi mutassadi xodimlari ishtirokida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha tashkil etiladigan bo‘linmaga uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchilarni tanlab olish, ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash maqsadida talabgor shaxslar uchun seminar tashkil etildi.

 

 

Seminar qatnashchilariga sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlariga uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchilar sifatida ushbu jarayonlarga davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish, ularga qo‘yiladigan talablar hamda ushbu shaxslar mehnatiga haq to‘lash tartibini nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tushunchalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech