25/05/2022

Mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini ta’minlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlami yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan joriy yilning 10- mayidan 10- iyuniga qadar mamlakatimiz eksport-importida turizm hajmining toʻliq hisobga olinishini ta’minlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlari va yordamchi hisobini shakllantirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlari yigʻish tizimini takomillashtirish maqsadida kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvlar oʻtkazilishi belgilangan.

 

 

 Ta’kidlash lozimki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Butunjahon turizm tashkiloti tomonidan “Turizm statistikasi boʻyicha xalqaro tavsiyalar” hamda “Turizm yordamchi hisobi boʻyicha tavsiya etiladigan uslubiy asos” nomli tavsiyalari tayyorlangan.

 

 

Mazkur tavsiyalarga muvofiq, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda Turizm va madaniy meros boshqarmasi hamkorligida ham viloyat boʻyicha turizm xizmatlari eksportining asosini tashkil qiluvchi – bitta turistning oʻrtacha xarajatlarini qayta koʻrib chiqish uchun kuzatuv roʻyxatiga tushgan Samarqand xalqaro aeroporti hamda Jartepa chegara bojxona postida tanlanma ravishda kiruvchi va chiquvchi turistlar bilan soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech