Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 44,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 52,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 22,7 foizini tashkil etdi. Bunda 2021 – yilning mos davriga nisbatan 14 mln. AQSh dollariga ko‘payish kuzatilib, 46,4 foizga ko‘paydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 15,4 mln. AQSh dollariga teng 27,1 ming tonna sabzavot, shuningdek, 8,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi
6,5 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Meva – sabzavoti mahsulotlari eksporti
(2022- yil yanvar-aprel )
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Turkiya hamda Ozarbayjon davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati