2022-yilning yanvar–aprel oylarida import hajmi 553,8 mln. AQSh dollarini va 2021-yilning mos davriga nisbatan 141,1 foizni tashkil etdi.
Import tarkibida eng yuqori ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,7 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (21,1 %) hamda sanoat tovarlari (21,4 %), hisobiga toʻgʻri keldi.
XSST BOʻYICHA IMPORT TARKIBI
(2022-yil yanvar-aprel, ulushi, % da)
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022- yilning yanvar - aprel oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 161,1 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 553,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,8 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati