Bino va inshoatlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,7 foizni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-aprel oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 20,8 foiz punktga kamayish kuzatildi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning yanvar-aprel oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 7,7 foiz punktga ko’paygan, 60,2 foizni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2021- yilning yanvar-aprel oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 10,1 foiz punktga kamayib 37,1 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati