Davlat statistika qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019- yil l8- maydagi 4-QQ-son va 01-02/15-29-son qаrоri bilan tasdiqlangan ''O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini kesib o‘tuvchi jismoniy shaxslar tomonidan, bojxona statistikasida hisobga olinmaydigan, olib kiriladigan tovarlarning umumiy hajmini hisoblash bo‘yicha ishlar tashkillashtirilishi ko‘zda tutilgan edi.
2022- yilning 25-27 mау kunlari, jismoniy shaxslar tomonidan, bojxona statistikasida hisobga olinmagan, olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha Andijon, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent va Fаrg‘оna viloyatlarining сhеgаrа bojxona postlarida kuzatuv o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 26- may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i N. Abdurayimov ishtirokida Samarqand viloyatining “Jartepa” chegara bojxona postida kuzatuv tashkil etildi. Kuzatuv o‘tkazishni sifatli va to‘laqonli tashkil etish maqsadida сhеgаrа bojxona postidagi kuzatuvchilarga yetarli miqdorda so‘rovnoma shakillari yetkazib berilib, kuzatuv amalga oshirilishi tizimli shaklda amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati