Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 450,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 119,7 foizni, uning jami sanoatdagi ulushi 71,9 foizni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari
2021-yil yanvar-aprel - 39,8 %
2022-yil yanvar-aprel - 32,5 %
Nooziq-ovqat mahsulotlar
2021-yil yanvar-aprel - 60,2%
2022-yil yanvar-aprel - 67,5%
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino, aroq mahsulotlari va pivo 0,9 foiz (2021- yil yanvar-aprel oylarida 1,32 %)ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib 44,8 foizni, Urgut tumani 10,4 foizni, Tayloq tumani 9,4 foizni, Samarqand tumani 8,3 foizni, hamda Jomboy tumani 6,6 foizni tashkil etdi.
Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (119,7 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Ishtixon tumanida (197,0 %) hamda Paxtachi tumanida (183,1 %) qayd etildi.
Axborot xizmati