Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 15 ta davlatdan qiymati 17,4 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.
Parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar:
-Polsha – 5 ming tonna
-Turkiya – 3,2 ming tonna
-Rossiya – 2,7 ming tonna
-Belgiya – 2,2 ming tonna
-АQSh – 1,5 ming tonna
-Niderlandiya – 816 tonna
-Litva – 607 tonna
-Germaniya – 423 tonna
Axborot xizmati