Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
Pokiston – 211,3 ming tonna
Qozog‘iston – 22,4 ming tonna
Rossiya – 14,4 ming tonna
Qirg‘iziston – 8,8 ming tonna
Eron – 5,6 ming tonna
Аfg‘oniston – 4 ming tonna
Niderlandiya – 1,5 ming tonna
Belarus – 631,6 tonna
Axborot xizmati