Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 086,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021-yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 6,0 foizga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2021-yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 111,0 foizni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Samarqand viloyatining qo‘shgan hissasi 6,2 foizga yetdi.
Axborot xizmati