02/06/2022

Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takominlashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq mamlakatimizda 2024- yilda mazkur sohada ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri amalga oshiriladi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

 

Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish 2022-yilning avgust oyida belgilangan bo‘lib, Toshkent viloyatining Parkent tumani hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida o‘tkazilishi belgilangan.

 

 

 Vazirlar Mahkamasining 197-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Samarqand viloyatining Jomboy tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari jadal ravishda boshlandi. Davlat statistika qo‘mitasi mutasaddi xodimlari, hududiy statistika boshqarmasi xodimlari, tuman hokimligi mutasaddi xodimlari ishtirokida Uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchilar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etilib, seminarning 2-kuni qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Seminarda, sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, Uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchilarning vazifalari, majburiyatlari hamda jarayonni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

 

O‘quv-amaliy seminar Davlat statistika qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan reja grafik asosida 3 kun davom etadi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech