03/06/2022

2022–yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 322,9 mlrd. so‘mni yoki 2021–yilning mos davriga nisbatan 102,0 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 4 122,3 mlrd. so‘m (102,0 %)ni, o‘rmon xo‘jaligi 196,3 mlrd. so‘m (102,6 % )ni, baliq xo‘jaligi 4,2 mlrd. so‘m (79,9 %)ni tashkil qildi.

Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,9 foizni tashkil etdi.

 

 

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar hajmining o‘sish sur’ati, foizda

2022–yilning yanvar–mart oylari yakuniga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 95,3 foiz dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 4,5 foiz o‘rmon xo‘jaligi, 0,1 foiz baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmining taqsimlanishi (%)

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech