03/06/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

 

2022- yilning 03- iyun kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

Jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yondashuvlari, stresga bardoshlilikning psixologik asoslari hamda “Bir chimdim” maʼnaviyat rukni namoyish etildi.

 

 

Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli, 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risi”dagi O‘RQ 707-sonli hamda 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 197-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi boshqarma boshlig‘ining birinchii o‘rinbosari Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech