Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni 1,4 milliontani tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 39,0 mingtaga oshgan.
Hududlar bo‘yicha ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni:
- Qoraqalpog‘iston R. – 42,9 mingta
- Аndijon viloyati – 51 mingta
- Buxoro viloyati – 63,8 mingta
- Jizzax viloyati – 66,4 mingta
- Qashqadaryo viloyati – 57,3 mingta
- Navoiy viloyati – 73 mingta
- Namangan viloyati – 44,6 mingta
- Samarqand viloyati – 88,2 mingta
- Surxondaryo viloyati – 43,5 mingta
- Sirdaryo viloyati – 41,6 mingta
- Toshkent viloyati – 165,2 mingta
- Farg‘ona viloyati – 121,4 mingta
- Xorazm viloyati – 35,3 mingta
- Toshkent shahri – 508,3 mingta
Axborot xizmati