Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan 2022- yilning avgust oyida Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish dasturiga muvofiq Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida 2022- yilning 1- iyun kunidan e’tiboran uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini tuzuvchi shaxslar ya’ni registratorlar uchun o‘quv amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xatlovdan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Bu jarayonda registratorlar tomonidan uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligi joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra 2022- yilning 16- iyun kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumani Kattaqishloq MFYda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i D. Musinov, Davlat statiskika qo'mitasidan O. Sidikov hamda viloyat statistikia boshqarmasidan mutasaddi xodimlar ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bilan tanishib, jarayonlarni amalga oshirish bo‘yicha registratorlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati